Fuqarolik protsessual kodeksi

393-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) to'ldirish, o'zgartirish, shikoyatdan voz kechish va protestni qaytarib olish

Apellyatsiya shikoyati bergan shaxs apellyatsiya instantsiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar shikoyatni to'ldirishga, o'zgartirishga yoki undan voz kechishga haqli. Apellyatsiya protesti keltirgan prokuror, shuningdek yuqori turuvchi prokuror apellyatsiya instantsiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar protestni to'ldirishga, o'zgartirishga yoki qaytarib olishga haqli. Shikoyatdan voz kechilganda va protest qaytarib olingan taqdirda, apellyatsiya instantsiyasi sudi ajrim chiqaradi hamda unga ko'ra apellyatsiya tartibida ish yuritishni tugatadi. Apellyatsiya shikoyati (protesti) rad etilganligi (qaytarib olinganligi) sababli mazkur shikoyat (protest) bo'yicha apellyatsiya tartibida ish yuritishning tugatilishi, agar tegishli sud qarori ustidan boshqa shaxslar tomonidan shikoyat qilingan bo'lsa, boshqa apellyatsiya shikoyatlarini (protestini) ko'rib chiqish uchun to'sqinlik qilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.