Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlashda bedarak yo'qolgan shaxs to'g'risida kimlar (qarindosh-urug'lari, birga ishlovchilar va boshqalar) ma'lumot bera olishi mumkinligini aniqlaydi, shuningdek bedarak yo'qolganning ma'lum bo'lgan so'nggi yashash joyi va ish joyidagi tegishli tashkilotlardan (ichki ishlar organlaridan, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlaridan) bedarak yo'qolgan shaxs to'g'risida bor ma'lumotlarni so'rab oladi.
Sudya arizani qabul qilib olgach, ayni vaqtda vasiylik va homiylik organiga bedarak yo'qolganning mol-mulkini saqlash, shuningdek uni boshqarish uchun shaxsni tayinlashni taklif qilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
306-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.