Fuqaroni bedarak yo'qolgan deb topish yoki vafot etgan deb e'lon qilish to'g'risidagi ariza manfaatdor shaxs tomondan bedarak yo'qolgan fuqaroning oxirgi ma'lum bo'lgan yashash joyidagi sudga beriladi.
Sud fuqaroni bedarak yo'qolgan deb topish yoki vafot etgan deb e'lon qilish to'g'risidagi arizani ko'rib chiqishga qonunchilikda belgilangan muddatlar o'tganidan so'ng kirishadi.
Arizada fuqaroni bedarak yo'qolgan deb topish yoki uni vafot etgan deb e'lon qilish arizachiga qanday maqsadlar uchun zarur ekanligi ko'rsatilishi, shuningdek fuqaroning bedarak yo'qolganligini tasdiqlaydigan yoxud bedarak yo'qolgan shaxsga o'lim xavfini solgan yoki u muayyan baxtsiz voqea tufayli halok bo'lgan deb taxmin qilishga asos bo'ladigan holatlar bayon qilinishi kerak.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
305-modda. Ariza berish va uning mazmuni
(305-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.