Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to'g'risidagi da'vo arizasi ushbu Kodeksning 189-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo'lishi kerak.
Da'vo arizasida quyidagilar ham ko'rsatilishi kerak:
1) nizolashilayotgan qarorni qabul qilgan korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasining nomi yoki nizolashilayotgan harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan mansabdor shaxsning familiyasi va ism-sharifining bosh harflari;
2) nizolashilayotgan qarorning nomi, raqami, qabul qilingan sanasi, nizolashilayotgan harakatlar (harakatsizlik) sodir etilgan sana va joy;
3) da'vogarning fikriga ko'ra, nizolashilayotgan qaror, harakatlar (harakatsizlik) tufayli buzilayotgan o'z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari to'g'risidagi ma'lumotlar;
4) da'vogarning fikriga ko'ra, nizolashilayotgan qaror, harakatlar (harakatsizlik) qaysi qonunchilikka zid bo'lsa, o'sha qonunchilik;
5) da'vogarning qarorni haqiqiy emas, harakatlarni (harakatsizlikni) qonunga xilof deb topish to'g'risidagi talabi.
Da'vo arizasiga ushbu Kodeksning 191-moddasida ko'rsatilgan hujjatlar, shuningdek nizolashilayotgan qarorning matni ilova qilinadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
270³-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to'g'risidagi da'vo arizasining shakli hamda mazmuni
(270³-модда иккинчи қисмининг 4-банди Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.