Agar ushbu Kodeksda yoki o'zga qonunlarda boshqa muddatlar belgilanmagan bo'lsa, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to'g'risidagi da'vo arizasi fuqaroning o'z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to'g'risida unga ma'lum bo'lgan paytdan e'tiboran uch oy ichida sudga berilishi mumkin.
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to'g'risida da'vo arizasi berishning uzrli sababga ko'ra o'tkazib yuborilgan muddati sud tomonidan tiklanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
270²-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan da'vo arizasi bilan sudga murojaat etish muddatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.