Fuqarolik kodeksi

964-modda. Sheriklarning umumiy mol-mulki

Sheriklar mulk huquqi asosida ega bo'lgan, ular tomonidan qo'shilgan mol-mulk, shuningdek birgalikdagi faoliyat natijasida ishlab chiqarilgan mahsulot va bunday faoliyat tufayli olingan hosil hamda daromadlar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib belgilab qo'yilgan bo'lmasa yoxud majburiyatning mohiyatidan boshqacha hol kelib chiqmasa, ularning umumiy ulushli mulki hisoblanadi. Sheriklarning umumiy ulushli mulkida turgan mol-mulk, shuningdek ularning umumiy talablari va umumiy alohida huquqlari sheriklarning umumiy mol-mulkini tashkil etadi. Umumiy mol-mulkdan barcha sheriklarning manfaatlarini ko'zlab foydalaniladi. Sheriklar umumiy mol-mulkining buxgalteriya hisobini yuritish ular tomonidan oddiy shirkat shartnomasida ishtirok etayotgan yuridik shaxslardan biriga topshirilishi mumkin. Sheriklarning umumiy mol-mulkidan foydalanish ularning kelishuviga ko'ra, kelishuvga erishilmagan taqdirda, sud belgilaydigan tartibda amalga oshiriladi. Sheriklarning umumiy mol-mulkni asrash bo'yicha majburiyatlari va bu majburiyatlarni bajarish bilan bog'liq xarajatlarni qoplash tartibi oddiy shirkatning shartnomasida nazarda tutiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.