Fuqarolik kodeksi

963-modda. Sheriklarning qo'shadigan hissalari

Sherik umumiy ishga qo'shadigan hamma narsa, jumladan pul, boshqa mol-mulk, kasbiy va boshqa bilimlar, malaka va mahorat, shuningdek ishbilarmonlik obro'-e'tibori sherikning qo'shgan hissasi hisoblanadi. Sheriklar, agar oddiy shirkat shartnomasidan yoki haqiqiy holatlardan boshqacha mazmun kelib chiqmasa, qiymati bo'yicha teng hissa qo'shadilar deb taxmin qilinadi. Sherikning qo'shgan hissasini pulda baholash sheriklar o'rtasidagi kelishuv bo'yicha amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.