Mulkiy sug'urta shartnomasining amal qilish davrida sug'urta qildiruvchi (naf oluvchi) shartnoma tuzilayotganda sug'urtalovchiga ma'lum qilingan holatlarda yuz bergan, o'ziga ma'lum bo'lgan muhim o'zgarishlar to'g'risida, agar bu o'zgarishlar sug'urta xavfi ortishiga jiddiy ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lsa, sug'urtalovchiga darhol xabar qilishi shart. Sug'urta shartnomasida (sug'urta polisida) va sug'urta qildiruvchiga berilgan sug'urta qoidalarida aytib qo'yilgan o'zgarishlar muhim deb hisoblanadi.
Sug'urta xavfi ortishiga sabab bo'ladigan holatlar to'g'risida xabardor qilingan sug'urtalovchi sug'urta shartnomasining shartlarini o'zgartirishni yoki xavf ortishiga mutanosib ravishda qo'shimcha sug'urta mukofoti to'lashni talab qilishga haqli.
Agar sug'urta qildiruvchi (naf oluvchi) sug'urta shartnomasining shartlari o'zgartirilishiga yoki sug'urta mukofotiga qo'shimcha to'lashga e'tiroz bildirsa, sug'urtalovchi ushbu Kodeksning 28-bobida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq shartnomani bekor qilishni talab etishga haqli.
Sug'urta qiluvchi yoxud naf oluvchi ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatini bajarmagan taqdirda, sug'urtalovchi sug'urta shartnomasini bekor qilishni va shartnomani bekor qilish tufayli yetkazilgan zarar qoplanishini talab etishga haqli.
Sug'urtalovchi, agar sug'urta xavfi ortishiga sabab bo'ladigan holatlar yo'qolgan bo'lsa, sug'urta shartnomasini bekor qilishni talab etishga haqli emas.
Shaxsiy sug'urtada, sug'urta shartnomasining amal qilishi davrida ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi qismlarida ko'rsatilgan sug'urta xavfining o'zgarishi oqibatlari, agar ular shartnomada to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatilgan bo'lsagina, yuzaga kelishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
949-modda. Sug'urta shartnomasining amal qilish davrida sug'urta xavfining ortishi oqibatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.