Sug'urta shartnomasi, agar u kuchga kirganidan keyin sug'urta hodisasi yuz berishi ehtimoli yo'qolgan va sug'urta xavfining mavjud bo'lishi sug'urta hodisasidan boshqa holatlar bo'yicha tugagan bo'lsa, tuzilgan muddati kelishidan oldin bekor bo'ladi. Quyidagilar shunday holatlar jumlasiga kiradi, chunonchi:
sug'urtalangan mol-mulkning yuz bergan sug'urta hodisasidan boshqa sabablarga ko'ra nobud bo'lishi;
tadbirkorlik xavfini yoki ana shu faoliyat bilan bog'liq fuqaroviy javobgarlik xavfini sug'urtalagan shaxsning tadbirkorlik faoliyatini belgilangan tartibda to'xtatishi.
Sug'urta shartnomasi ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan holatlar bo'yicha muddatidan oldin bekor bo'lganda, sug'urtalovchi sug'urta mukofotining bir qismini sug'urta amal qilgan vaqtga mutanosib ravishda olish huquqiga ega.
Sug'urta qildiruvchi (naf oluvchi), agar voz kechish paytiga kelib sug'urta hodisaning yuz berish ehtimoli ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan holatlar bo'yicha yo'qolmagan bo'lsa, sug'urta shartnomasini bajarishdan istagan paytida voz kechishga haqli.
Sug'urta qildiruvchi (naf oluvchi) sug'urta shartnomasidan muddatidan ilgari voz kechgan taqdirda, sug'urtalovchiga to'langan sug'urta mukofoti, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, qaytarib berilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
948-modda. Sug'urta shartnomasining muddatidan ilgari bekor bo'lishi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.