Ushbu Kodeksning 938-moddasida nazarda tutilgan qoidalar sug'urta summasi ayni bitta mol-mulkni yoki tadbirkorlik xavfini ikki yoki bir necha sug'urtalovchida sug'urta qilish (qo'shaloq sug'urta) natijasida sug'urta qiymatidan oshib ketgan taqdirda ham tegishincha suratda qo'llaniladi.
Mol-mulk yoki tadbirkorlik xavfi qo'shaloq sug'urta qilinganda har bir sug'urtalovchi sug'urta tovonini o'zi tuzgan shartnoma doirasida to'lashga majbur bo'ladi, biroq barcha sug'urtalovchilardan olingan sug'urta tovonlarining umumiy summasi haqiqiy zarardan ortiq bo'lishi mumkin emas.
Bunda sug'urta qildiruvchi (naf oluvchi) sug'urta tovonini istalgan sug'urtalovchidan u bilan tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan sug'urta summasi doirasida olishga haqli. Olingan sug'urta tovoni haqiqiy zararni qoplamagan taqdirda, sug'urta qildiruvchi (naf oluvchi) yetishmayotgan summani boshqa sug'urtalovchidan olishga haqli.
Yetkazilgan zarar boshqa sug'urtalovchilar tomonidan qoplangani sababli sug'urta tovonini to'lashdan to'liq yoki qisman ozod qilingan sug'urtalovchi sug'urta qildiruvchiga sug'urta to'lovlarining tegishli qismini qilingan xarajatlarni chegirgan holda qaytarishi shart.
Ushbu modda qoidalari har bir sug'urtalovchi sug'urta qildiruvchi, sug'urtalangan shaxs va naf oluvchi oldidagi o'z sug'urta majburiyatlarini, boshqa sug'urtalovchilar majburiyatlarini bajarganligidan qat'i nazar, mustaqil bajaradigan qo'shaloq shaxsiy sug'urtada qo'llanilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
939-modda. Qo'shaloq sug'urta
(939-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ 1154-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1154/0618-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.