Fuqarolik kodeksi

938-modda. Sug'urta qiymatidan ortiq miqdorda sug'urta qilish oqibatlari

(938-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ 1154-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1154/0618-сон)

Agar sug'urta shartnomasida ko'rsatilgan mol-mulk yoki tadbirkorlik xavfining sug'urta summasi sug'urta qiymatidan ortiq bo'lsa, shartnoma sug'urta summasining sug'urta qiymatidan ortiq bo'lgan qismida o'z-o'zidan haqiqiy bo'lmaydi. Bu holda sug'urta mukofotining ortiqcha to'langan qismi qaytarib berilmaydi. Agar sug'urta shartnomasiga muvofiq sug'urta mukofoti bo'lib-bo'lib to'lansa va ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan holatlar aniqlangan paytgacha uning hammasi to'lanmagan bo'lsa, qolgan sug'urta badallari sug'urta summasi miqdorini kamaytirishga mutanosib tarzda kamaytirilgan miqdorda to'lanishi lozim. Agar sug'urta shartnomasidagi sug'urta summasini oshirib yuborish sug'urta qildiruvchi tomonidan aldashning oqibati bo'lsa, sug'urtalovchi shartnomani haqiqiy emas deb topishni va o'ziga yetkazilgan zarar uning sug'urta qildiruvchidan olgan sug'urta mukofoti summasidan ortiq miqdorda qoplanishini talab qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.