Shartnomani buzganlik uchun javobgarlik xavfini sug'urta qilishga qonunda nazarda tutilgan hollarda yo'l qo'yiladi.
Shartnomani buzganlik uchun javobgarlik xavfini sug'urta qilish shartnomasi bo'yicha faqat sug'urta qildiruvchining o'zining javobgarlik xavfi sug'urtalanishi mumkin. Ushbu talabga muvofiq bo'lmagan sug'urta shartnomasi o'z-o'zidan haqiqiy emas.
Shartnomani buzganlik uchun javobgarlik xavfi, bu shartnoma shartlariga ko'ra sug'urta qildiruvchi qaysi taraf oldida tegishli javobgarlikni zimmasiga olishi lozim bo'lsa, o'sha taraf — naf oluvchi foydasiga, hatto sug'urta shartnomasi boshqa shaxs foydasiga tuzilgan yoxud unda kimning foydasiga tuzilgani aytilmagan taqdirda ham, sug'urtalangan hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
919-modda. Shartnoma bo'yicha javobgarlikni sug'urta qilish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.