Boshqa shaxslarning hayoti, sog'lig'i yoki mol-mulkiga zarar yetkazilishi oqibatida yuzaga keladigan majburiyatlar yuzasidan javobgarlik xavfini sug'urta qilish shartnomasi bo'yicha sug'urta qildiruvchining o'zining yoki bunday javobgarlik yuklanishi mumkin bo'lgan boshqa shaxsning javobgarlik xavfi sug'urtalanishi mumkin.
Zarar yetkazganlik uchun javobgarlik xavfi sug'urtalangan shaxs sug'urta shartnomasida ko'rsatilishi lozim. Agar bu shaxs shartnomada ko'rsatilmagan bo'lsa, sug'urta qildiruvchining o'zining javobgarlik xavfi sug'urtalangan hisoblanadi.
Zarar yetkazganlik uchun javobgarlik xavfini sug'urta qilish shartnomasi, hatto shartnoma zarar yetkazilganligi uchun javobgar bo'lgan sug'urta qildiruvchi yoki boshqa shaxs foydasiga tuzilgan yoxud shartnomada u kimning foydasiga tuzilgani ko'rsatilmagan taqdirda ham, zarar yetkazilishi mumkin bo'lgan shaxslar (naf oluvchilar) foydasiga tuzilgan deb hisoblanadi.
Zarar yetkazganlik uchun javobgarlik uni sug'urta qilish majburiy bo'lgani sababli sug'urtalangan taqdirda, shuningdek qonunda yoki bunday javobgarlikni sug'urta qilish shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollarda sug'urta shartnomasi o'z foydasiga tuzilgan deb hisoblanuvchi shaxs zararni sug'urta summasi doirasida to'lash to'g'risida bevosita sug'urtalovchiga talab qo'yishga haqli.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
918-modda. Zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni sug'urta qilish
(918-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ 1154-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1154/0618-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.