Fuqarolik kodeksi

872-modda. Taraflar o'zgarganida kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining o'z kuchida qolishi

Litsenziya kompleksiga kiruvchi biron-bir alohida huquqning boshqa shaxsga o'tishi kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasini o'zgartirish yoki bekor qilish uchun asos bo'lmaydi. Yangi litsenziar o'ziga o'tgan alohida huquq jumlasiga kiruvchi huquqlar va majburiyatlar bo'yicha shartnomaga kirishadi. Litsenziar fuqaro vafot etgan taqdirda, uning kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi bo'yicha huquq va majburiyatlari merosxo'rga, basharti bu merosxo'r tadbirkor sifatida ro'yxatga olingan bo'lsa yoki meros ochilgan kundan e'tiboran olti oy mobaynida tadbirkor sifatida ro'yxatga olinsa, o'tadi. Aks holda shartnoma bekor qilinadi. Merosxo'r tegishli huquq va majburiyatlarni qabul qilib olguncha yoki merosxo'r tadbirkor sifatida ro'yxatga olinguncha bo'lgan davrda litsenziya kompleksini notarius tomonidan belgilangan tartibda tayinlanadigan boshqaruvchi idora qiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.