Fuqarolik kodeksi

871-modda. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasini bekor qilish

Muddati ko'rsatilib tuzilgan kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi ushbu Kodeks 28-bobining qoidalariga muvofiq bekor qilinishi mumkin. Taraflardan har biri muddatsiz kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasidan istagan vaqtda bosh tortishga haqli bo'lib, agar shartnomada uzoqroq muddat nazarda tutilgan bo'lmasa, bu haqda ikkinchi tarafni olti oy oldin xabardor qilishi kerak. Litsenziya kompleksiga kirgan firma nomini yangi firma nomi bilan almashtirmasdan unga bo'lgan huquq bekor qilingan taqdirda kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi bekor qilinadi. Muddati ko'rsatib tuzilgan kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish, shuningdek muddatsiz kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasini bekor qilish ushbu Kodeksning 863-moddasida belgilangan tartibda ro'yxatga olinishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.