Fuqarolik kodeksi

757-modda. Qarzdorning muqobil talablari

(757-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1058-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2025 й., 03/25/1058/0355-сон)

Moliya agenti qarzdordan to'lovni amalga oshirishni talab qilgan taqdirda, qarzdor ushbu Kodeksning 343, 344 va 345-moddalariga muvofiq, o'zining mijoz bilan tuzilgan shartnomaga asoslangan, qarzdor pul talabnomasidan moliya agenti foydasiga voz kechilganligi haqida yozma bildirishnoma olgan paytda ixtiyorida bo'lgan o'z pul talabnomalarini hisobga olish uchun taqdim etishga haqli. Mijoz qarzdor bilan ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan qarzdorning pul talabnomalarini hisobga olishga bo'lgan huquqlarini moliya agentiga taqdim etmaslik to'g'risida yozma shaklda kelishishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.