Agar pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasi shartlariga ko'ra moliya agenti mijozdan bu talabni sotib olib, shu yo'l bilan uni moliyalasa, moliya agenti qarzdor talabni bajarish uchun to'laydigan hamma summani olish huquqini qo'lga kiritadi, mijoz esa moliya agenti olgan summalar u sotib olgan talabnomaning bahosidan kam bo'lib chiqqanligi uchun moliya agenti oldida javobgar bo'lmaydi.
Agar mijozning majburiyatlari moliya agentiga bajarilishini ta'minlash maqsadida pul talabnomasidan uning foydasiga voz kechilgan bo'lsa va pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, moliya agenti mijozga hisobot taqdim etishi hamda mijozning pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish bilan ta'minlangan qarzidan ortib qolgan summani mijozga berishi shart. Agar moliya agenti qarzdordan olgan pul mablag'lari mijozning moliya agentiga pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish bilan ta'minlangan qarzi summasidan kam bo'lib chiqsa, mijoz qarzning qoldig'i uchun moliya agenti oldida javobgar bo'lib qolaveradi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
756-modda. Moliya agentining qarzdordan olingan summalarga huquqlari
(756-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1058-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2025 й., 03/25/1058/0355-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.