Fuqarolik kodeksi

669-modda. Qurilish ob'yektini sug'urtalash

Agar shartnomada taraflar boshqacha tartib va shartlarni belgilab qo'ygan bo'lmasalar, shartnomada nazarda tutilgan ob'yektni yoki ishlar majmuini pudratchi o'z hisobidan sug'urtalashi shart. Sug'urtalash majburiyati yuklatilgan taraf qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan tartibda ikkinchi tarafga shartnoma shartlariga muvofiq sug'urta shartnomasi tuzganini tasdiqlovchi dalillarni, shu jumladan sug'urta qiluvchi, sug'urta summasi miqdori va sug'urtalangan tavakkalchiliklar to'g'risidagi ma'lumotlarni taqdim qilishi kerak. Sug'urtalash tegishli tarafni sug'urta hodisasi yuz berishining oldini olish chora-tadbirlarini ko'rish majburiyatidan ozod qilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.