Korxonani ijaraga olish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, korxonani ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining ruxsatidan qat'i nazar, ijaraga olingan mol-mulkni ajratib bo'lmaydigan tarzda yaxshilash qiymatini olishga haqli.
Agar ijaraga beruvchi ijaraga oluvchining bunday yaxshilashga qilgan xarajatlari ijaraga olingan mol-mulkning qiymatini uning sifati va (yoki) undan foydalanish xususiyatlarini yaxshilashga qaraganda beqiyos darajada oshirib yuborganligini yoki bunday yaxshilashni amalga oshirish vaqtida halollik va oqilonalik tamoyillari buzilganligini isbotlasa, sud uni bunday yaxshilash haqini ijaraga oluvchiga to'lash majburiyatidan ozod qilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
584-modda. Ijarachining ijaraga olingan korxonani yaxshilashi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.