Fuqarolik kodeksi

583-modda. Ijaraga olingan korxona mol-mulkidan foydalanish

Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, ijaraga oluvchi ijaraga olingan korxona mol-mulki tarkibiga kiruvchi moddiy boyliklarni ijaraga beruvchining roziligi bilan sotish, ayirboshlash va uning roziligisiz vaqtincha foydalanishga yoxud qarzga, qo'shimcha ijaraga berishga, shuningdek korxona bahosini pasaytirmaslik va ijara shartnomasining boshqa bandlarini buzmaslik sharti bilan bunday boyliklarga nisbatan ijara shartnomasi bo'yicha o'z huquq va majburiyatlarini boshqa shaxslarga o'tkazishga haqli. Agar korxonani ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, ijaraga oluvchi ijaraga olingan korxonani ijaraga beruvchining roziligisiz qayta qurishga, uni kengaytirib, texnik qayta jihozlab qiymatini oshirishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.