Agar qonunchilik yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, ijaraga beruvchi ijaraga topshirilgan mol-mulkni o'z hisobidan kapital ta'mirlashi shart.
Ijaraga oluvchi javobgar bo'lmagan holatlar natijasida kelib chiqqan shoshilinch zarurat tufayli o'tkaziladigan ta'mirlashni ijaraga beruvchi o'z hisobidan amalga oshirishi shart.
Kapital ta'mirlash mulk ijarasi shartnomasida belgilangan muddatda, agar bu muddat shartnomada belgilanmagan yoki shoshilinch zarurat tufayli o'tkazilsa, oqilona muddatda amalga oshirilmog'i lozim.
Ijaraga beruvchining kapital ta'mirlash majburiyatini bajarmasligi ijaraga oluvchiga o'z xohishiga ko'ra:
shartnomada belgilangan yoxud shoshilinch zarurat taqozo etayotgan kapital ta'mirlashni amalga oshirib, ta'mirlash qiymatini ijaraga beruvchidan undirib olish yoxud mol-mulkdan foydalanganlik uchun to'lanadigan haq hisobiga o'tkazish;
haqni tegishincha kamaytirishni talab qilish;
shartnomani muddatidan oldin bekor qilish va zararning qoplanishini talab qilish huquqini beradi.
lex.uz’dagi asl matn547-modda. Ijaraga beruvchining ijaraga olingan mol-mulkni saqlash majburiyatlari
(547-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Ijaraga beruvchi (egasi) ijaraga olingan narsani yaxshi holatda saqlashi kerak. Agar narsada kapital ta'mir kerak bo'lsa, uni o'z pulidan ta'mir qilishi shart. Agar ijaraga oluvchining xatosi tufayli shoshilinch ta'mir kerak bo'lsa, beruvchi uni o'z hisobidan qiladi.
**Kimga tegishli**
Bu majburiyat ijaraga beruvchiga (mol-mulk egasiga) tegishli.
**Amalda**
Uy ijaraga berilgan. Devor yiqilish xavfida. Ijaraga beruvchi devorni ta'mir qilishi kerak. Agar ta'mir qilmasa, ijaraga oluvchi ta'mir qilib, puli beruvchidan undirib olishi yoki ijara haqini kamaytirishni talab qilishi mumkin.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.