Agar ushbu Kodeksda, boshqa qonunchilikda boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa, ijaraga oluvchi ijaraga olingan mol-mulkni ijaraga beruvchining roziligi bilan ikkilamchi ijaraga (qo'shimcha ijaraga) topshirishga, mulk ijarasi shartnomasi bo'yicha o'z huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga o'tkazishga (qayta ijara), ijaraga olingan mol-mulkni tekin foydalanish uchun berishga, shuningdek bu huquqlarini garovga qo'yishga va ularni xo'jalik shirkatlari va jamiyatlari ustav fondiga (kapitaliga) hissa sifatida yoki ishlab chiqarish kooperativiga pay badali sifatida topshirishga haqli. Ko'rsatib o'tilgan hollarda ijaraga oluvchi shartnoma bo'yicha ijaraga beruvchi oldida javobgar bo'lib qolaveradi, qayta ijara bundan mustasno. Mol-mulkni boshqa shaxslarga topshirish haqidagi shartnoma ijara shartnomasining amal qilish muddatidan ortiq muddatga tuzilishi mumkin emas.
Agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa, ijaraga olingan mol-mulkni ikkilamchi ijaraga topshirish haqidagi shartnomaga nisbatan mulk ijarasi shartnomasi haqidagi qoidalar qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
546-modda. Ijaraga olingan mol-mulkni tasarruf qilish
(546-модда Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.