Fuqarolik kodeksi

484-modda. Ko'chmas mulkni sotish shartnomasida shartnoma narsasini belgilash

Ko'chmas mulkni sotish shartnomasida shartnoma bo'yicha sotib oluvchiga topshirilishi lozim bo'lgan ko'chmas mulkni aniq belgilash imkonini beradigan ma'lumotlar, shu jumladan ko'chmas mulk tegishli yer uchastkasida yoki boshqa ko'chmas mulkning tarkibida qanday joylashganligini belgilash imkonini beradigan ma'lumotlar ko'rsatilgan bo'lishi shart. Shartnomada bunday ma'lumotlar bo'lmasa, boshqa shaxsga topshirilishi lozim bo'lgan ko'chmas mulk to'g'risidagi shartni taraflar o'zaro kelishib olmagan, tegishli shartnoma esa tuzilmagan hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.