Fuqarolik kodeksi

483-modda. Yer uchastkasi sotilganida ko'chmas mulkka bo'lgan huquq

Sotuvchiga qarashli bino, inshoot yoki boshqa ko'chmas mulk joylashgan yer uchastkasi ana shu ko'chmas mulkni sotib olayotgan shaxsga mulk qilib topshirmagan holda sotilsa, yer uchastkasining ko'chmas mulk joylashgan va ko'chmas mulkdan foydalanish uchun zarur bo'lgan qismidan sotuvchining foydalanish huquqi sotish shartnomasida belgilangan shartlarda saqlab qolinadi. Agar yer uchastkasining tegishli qismidan foydalanish shartlari uni sotish shartnomasi bilan belgilangan bo'lmasa, sotuvchi yer uchastkasining ko'chmas mulk joylashgan va bu ko'chmas mulkdan ko'zlangan maqsadlarda foydalanish uchun zarur bo'lgan qismidan cheklangan holda foydalanish (servitut) huquqini saqlab qoladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.