Fuqarolik kodeksi

423-modda. Tovarni sug'urtalash

(423-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ 1154-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1154/0618-сон)

Agar shartnomada sotuvchi yoki sotib oluvchining tovarni sug'urtalash majburiyati nazarda tutilgan bo'lsa, biroq unda sug'urtalash shartlari va tovar sug'urtalanadigan eng kam summa belgilanmagan bo'lsa, sug'urtalash shartnomasida nazarda tutilgan sug'urta summasi tovar bahosidan kam bo'lishi mumkin emas. Tovarni sug'urtalashi lozim bo'lgan taraf shartnoma shartlariga muvofiq sug'urtalashni amalga oshirmagan hollarda boshqa taraf tovarni sug'urtalashga va sug'urtalashi lozim bo'lgan tarafdan sug'urta xarajatlarini qoplashni talab qilishga yoki shartnomani bajarishdan bosh tortishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.