Tovarni nasiyaga sotish shartnomasida tovar haqini bo'lib-bo'lib to'lash nazarda tutilishi mumkin.
Haqini bo'lib-bo'lib to'lash sharti bilan tovarni nasiyaga sotish shartnomasida oldi-sotdi shartnomasining boshqa muhim shartlari bilan bir qatorda tovar bahosi, to'lovlarning tartibi, muddatlari va miqdori ko'rsatilgan bo'lsa, bunday shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Agar sotib oluvchi haqini bo'lib-bo'lib to'lash sharti bilan sotilgan va o'ziga topshirilgan tovar uchun navbatdagi to'lovni shartnomada belgilangan muddatda amalga oshirmasa, sotuvchi shartnomani bajarishdan bosh tortishga va garov narsasini undirish uchun nazarda tutilgan tartibda undiruvni tovarga qaratishga haqli.
Tovarni kreditga sotish to'g'risidagi shartnomada nazarda tutilgan taqdirda, sotib oluvchi olingan tovar ulushining haqi to'langan qismini majburiyatlarni bajarish ta'minoti sifatida berishga haqli.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
422-modda. Tovar haqini bo'lib-bo'lib to'lash
(422-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 22 октябрдаги ЎРҚ-572-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 23.10.2019 й., 03/19/572/3943-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.