Shartnomani bajarganlik uchun taraflarning kelishuvi bilan belgilangan bahoda haq to'lanadi.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda tegishli vakolatga ega bo'lgan davlat organlari belgilaydigan yoki tartibga soladigan baholar (tariflar, rastsenkalar, stavkalar va h.k.) qo'llaniladi.
Shartnoma tuzilganidan keyin bahoni o'zgartirishga qonunchilik yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda va shartlarda yo'l qo'yiladi.
Haq to'lashni nazarda tutadigan shartnomada baho nazarda tutilmagan va shartnoma shartlari bo'yicha belgilanishi mumkin bo'lmagan hollarda shartnomani bajarganlik uchun o'xshash vaziyatlarda odatda shunday tovarlar, ishlar yoki xizmatlar uchun olinadigan baho bo'yicha haq to'lanishi kerak.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
356-modda. Baho
(356-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.