Fuqarolik kodeksi

355-modda. Haq evaziga va tekinga tuziladigan shartnomalar

(355-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Shartnoma bo'yicha taraf o'z burchlarini bajarganligi uchun haq olishi yoki unga boshqa muqobil to'lov to'lanishi lozim bo'lsa, bunday shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma bo'ladi. Shartnoma bo'yicha bir taraf ikkinchi tarafga undan haq yoki boshqa muqobil to'lov olmasdan biron narsani berish majburiyatini olsa, bunday shartnoma tekinga tuzilgan shartnoma hisoblanadi. Agar qonunchilikdan, shartnomaning mazmuni yoki mohiyatidan boshqacha hol anglashilmasa, shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.