Fuqarolik kodeksi

295-modda. Majburiyatni bajargan kafilning huquqlari

Majburiyatni bajargan kafilga kreditorning ushbu majburiyat bo'yicha huquqlari hamda garovga oluvchi sifatida kreditorga tegishli bo'lgan huquqlar kafil kreditorning talabini qancha hajmda qanoatlantirgan bo'lsa, shuncha hajmda o'tadi. Kafil kreditorga to'langan summaga foizlar to'lashni va qarzdor uchun javobgarlik munosabati bilan ko'rgan boshqa zararini to'lashni qarzdordan talab qilishga haqli. Kafil majburiyatni bajarganidan keyin kreditor qarzdorga bo'lgan talabni tasdiqlovchi hujjatlarni kafilga topshirishi va bu talabni ta'minlaydigan huquqlarni berishi shart. Ushbu moddada belgilangan qoidalar agar qonunda yoki kafilning qarzdor bilan shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.