Fuqarolik kodeksi

294-modda. Kafilga nisbatan da'vo qo'zg'atilgan taqdirda uning huquq va burchlari

Kafil kreditorning talabiga qarshi qarzdor bildirishi mumkin bo'lgan hamma e'tirozlarni qo'yishga haqli. Hatto qarzdor o'z e'tirozlaridan voz kechgan yoki o'z majburiyatini tan olgan taqdirda ham kafil ushbu e'tirozlarga bo'lgan huquqini yo'qotmaydi. Agar kafilga nisbatan da'vo qo'zg'atilgan bo'lsa, u qarzdorni ishda ishtirok etish uchun jalb qilishi shart. Aks holda qarzdor kreditorga qarshi o'zining barcha e'tirozlarini kafilning qarshi talabiga qarama-qarshi qo'yish huquqiga ega.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.