Fuqarolik kodeksi

219-modda. Ulushli mulkdagi umumiy mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanish

(219-модданинг номи ва биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 8 январдаги ЎРҚ-77-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2007 й., 1-2-сон, 3-модда)

Ulushli mulkdagi umumiy mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanish uning barcha ishtirokchilari kelishuviga muvofiq amalga oshiriladi. Bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda, ulushli mulkdagi umumiy mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanish sud tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. Ulushli mulk ishtirokchisi umumiy mol-mulkning ishtirokchi ulushiga teng bo'lgan qismi o'zining egaligiga va foydalanishiga berilishiga, buning iloji bo'lmagan taqdirda esa — o'z ulushi bo'lgan mol-mulkka egalik qilayotgan va undan foydalanayotgan boshqa ishtirokchilardan tegishli haq talab qilish huquqiga ega.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.