Fuqarolik kodeksi

218-modda. Ulushli mulkdagi mol-mulkni tasarruf etish

Ulushli mulkdagi mol-mulk uning barcha ishtirokchilarining kelishuvi bilan tasarruf etiladi. Ulushli mulk ishtirokchisi o'z xohishiga qarab o'z ulushini sotishga, sovg'a qilishga, vasiyat qilib qoldirishga, garovga berishga yoki boshqacha tarzda tasarruf etishga ulushni haq evaziga boshqa shaxsga berish chog'ida ushbu Kodeksning 224-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilgan holda haqli bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.