Fuqarolik kodeksi

117-modda. O'n to'rt yoshga to'lmagan shaxs tomonidan tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi

O'n to'rt yoshga to'lmagan shaxs tomonidan tuzilgan bitim o'z-o'zidan haqiqiy emas, ushbu Kodeks 29-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan bitimlar bundan mustasno. Bunday bitimdagi taraflarning har biri bitim bo'yicha olgan hamma narsani ikkinchi tarafga qaytarib berishi, olingan narsani asl holida qaytarib berish mumkin bo'lmaganida esa — uning qiymatini pul bilan to'lashi shart. Bundan tashqari, muomalaga layoqatli taraf, agar ikkinchi tarafning muomalaga layoqatsizligini bilgan yoki bilishi lozim bo'lgan bo'lsa, ikkinchi tarafga u ko'rgan haqiqiy zararni to'lashi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.