Fuqarolik kodeksi

1169-modda. Jismoniy shaxsning huquq va muomala layoqatlari

Jismoniy shaxsning huquq va muomala layoqatlari uning shaxsiy qonuni bilan belgilanadi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar O'zbekiston Respublikasida fuqarolik huquq layoqatidan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda foydalanadilar, O'zbekiston Respublikasining qonunlari yoki xalqaro shartnomalarida belgilangan hollar bundan mustasno. Jismoniy shaxsning bitimlar va zarar yetkazilishi oqibatida yuzaga keladigan majburiyatlarga nisbatan fuqarolik muomala layoqati bitimlar tuzilgan yoki zarar yetkazilishidan kelib chiqadigan majburiyatlar yuzaga kelgan mamlakat huquqi bo'yicha belgilanadi. Jismoniy shaxsning xususiy tadbirkor bo'lish hamda bu bilan bog'liq huquqlar va majburiyatlarga ega bo'lish layoqati jismoniy shaxs xususiy tadbirkor sifatida ro'yxatga olingan mamlakat huquqi bo'yicha belgilanadi. Ro'yxatga olish mamlakati bo'lmaganda, xususiy tadbirkorlik faoliyati amalga oshiriladigan asosiy joy bo'lgan mamlakatning huquqi qo'llaniladi. Jismoniy shaxsni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish sud qaysi mamlakatniki bo'lsa, shu mamlakat huquqiga bo'ysunadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.