Fuqarolik kodeksi

1040-modda. Intellektual mulk ob'yektlariga nisbatan mutlaq huquqlarni himoya qilish usullari

Intellektual mulk ob'yektlariga nisbatan mutlaq huquqlarni himoya qilish ushbu Kodeksning 11-moddasida nazarda tutilgan usullar bilan amalga oshiriladi. Mutlaq huquqlarni himoya qilish shuningdek: mutlaq huquqlar qaysi moddiy ob'yektlar yordamida buzilgan bo'lsa, o'sha moddiy ob'yektlarni hamda bunday buzish natijasida yaratilgan moddiy ob'yektlarni olib qo'yish orqali; yo'l qo'yilgan buzish haqidagi ma'lumotni majburiy suratda e'lon qilib, unga buzilgan huquq kimga tegishliligi to'g'risidagi ma'lumotlarni kiritish orqali; qonunda nazarda tutilgan boshqa usullarda amalga oshirilishi mumkin. Intellektual faoliyat natijalarini va xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositalarni yaratish hamda ulardan foydalanish to'g'risidagi shartnoma buzilganda majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik to'g'risidagi umumiy qoidalar qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.