Fuqarolik kodeksi

104-modda. Shartli bitimlar

Agar taraflar huquq va burchlarning kelib chiqishini yuz berishi yoki bermasligi noma'lum bo'lgan holatga bog'liq qilib qo'ysalar, bitim kechiktirish sharti bilan tuzilgan hisoblanadi. Agar taraflar huquq va burchlarning bekor bo'lishini yuz berishi yoki bermasligi noma'lum holatga bog'liq qilib qo'ysalar, bunday bitim bekor bo'lish sharti bilan tuzilgan bitim hisoblanadi. Agar shartning yuz berishiga uning yuz berishidan manfaatdor bo'lmagan taraf insofsizlik bilan qarshilik ko'rsatgan bo'lsa, bu shart yuz bergan deb hisoblanadi. Agar shartning yuz berishiga ushbu shartning yuz berishidan manfaatdor bo'lgan taraf insofsizlik bilan yordamlashgan bo'lsa, bu shart sodir bo'lmagan hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.