Tovarning (ishning, xizmatning) nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zarar, agar u tovarning (ishning, xizmatning) belgilangan yaroqlilik muddatlari mobaynida yetkazilgan bo'lsa, qoplanishi lozim, mabodo yaroqlilik muddati belgilanmagan bo'lsa, tovar ishlab chiqarilgan (ish, xizmat qabul qilib olingan) kundan boshlab o'n yil mobaynida qoplanishi lozim.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan muddatlardan tashqari zarar quyidagi hollarda qoplanishi lozim, agar:
qonun talablari buzilib yaroqlilik muddati belgilanmagan bo'lsa;
tovarni sotib olgan, ishni bajartirgan yoki xizmatdan foydalangan shaxs yaroqlilik muddati tugaganidan keyin zarur bo'lgan harakatlarni qilishi to'g'risida va ko'rsatilgan harakatlar bajarilmagan taqdirda kelib chiqishi mumkin bo'lgan oqibatlar to'g'risida ogohlantirilmagan bo'lsa.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
1019-modda. Tovarning, ishning, xizmatning nuqsonlari natijasida yetkazilgan zararni qoplash muddatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.