Fuqarolik kodeksi

1018-modda. Tovarning, ishning, xizmatning nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxslar

(1018-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 октябрдаги ЎРҚ-1088-сонли Қонунига асосан тўртинчи қисми билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.10.2025 й., 03/25/1088/0948-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 19 январь)

Tovarning nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zarar jabrlanuvchining tanloviga ko'ra tovarning sotuvchisi yoki tayyorlovchisi tomonidan qoplanishi lozim. Ishning (xizmatning) nuqsoni oqibatida yetkazilgan zarar ishni bajargan yoki xizmatni ko'rsatgan shaxs (ijrochi) tomonidan qoplanishi lozim. Tovar (ish, xizmat) to'g'risida to'liq yoki ishonchli ma'lumot bermaganlik oqibatida yetkazilgan zarar ushbu moddaning qoidalariga muvofiq qoplanishi lozim. Muvofiqlikni baholash qoidalarini buzish natijasida fuqaroning hayoti va sog'lig'iga zarar yetkazilgan taqdirda, yetkazilgan zararning o'rnini qoplashda muvofiqlikni baholash organi tovarni (ishni, xizmatni) sotuvchi, tayyorlovchi (ijrochi) bilan birga solidar javobgar bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.