«Elektron tijorat to'g'risida»gi qonun

13-modda. Elektron savdo maydonchasi operatorining huquq va majburiyatlari

Elektron savdo maydonchasi operatori ushbu Qonun 12-moddasining birinchi qismida ko'rsatilgan elektron tijorat operatori huquqlaridan tashqari quyidagi huquqlarga ham ega: o'z elektron savdo maydonchasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotishni bevosita, mustaqil ravishda amalga oshirish; faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirayotgan yoki faoliyatni (harakatlarni) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar asosida yoxud xabardor qilish tartibida amalga oshirayotgan sotuvchilarning tegishli litsenziyalarini yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarini yoxud xabarnomalarini tekshirish. Elektron savdo maydonchasi operatori ushbu Qonun 12-moddasining ikkinchi qismida ko'rsatilgan elektron tijorat operatori majburiyatlaridan tashqari: qonunchilikka muvofiq muomaladan olib qo'yilgan yoki muomalasi cheklangan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) realizatsiya qilinishiga barham berilishi bo'yicha choralar ko'rishi; savdo maydonchasiga xizmat ko'rsatish to'g'risidagi kelishuvni va elektron savdo maydonchasida savdo qilish qoidalarini muntazam ravishda elektron savdo maydonchasida aks ettirishi; elektron tijorat ishtirokchilari xizmat ko'rsatishga va savdoni amalga oshirishga doir shartnoma shartlari bilan tanishib chiqa olishini, shuningdek ularning to'liq tarzda joylashtirilishini ta'minlash uchun texnik choralar ko'rishi ham shart. Agar elektron savdo maydonchasining operatori elektron tijorat sohasidagi o'z faoliyatini to'xtatib turmoqchi bo'lsa yoki xizmat ko'rsatish qoidalariga o'zgartishlar kiritmoqchi bo'lsa, bu haqda kamida o'ttiz kun oldin tegishli savdo maydonchasida e'lon berishi kerak (bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno).
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.