Elektron tijorat operatorlari quyidagi huquqlarga ega:
elektron tijorat sohasidagi xizmatlarni shartnoma asosida o'z vakolatlari doirasida ko'rsatish;
elektron tijorat sub'yektlariga ko'rsatiladigan xizmatlarning shartlarini belgilash;
elektron hujjatlarni va elektron xabarlarni boshqa elektron tijorat operatorlariga saqlash uchun topshirish.
Elektron tijorat operatorlari:
qonunchilik talablariga rioya etishi;
o'z axborot tizimlarining uzluksiz ishlashini ta'minlash bo'yicha choralar ko'rishi;
elektron tijorat sohasidagi standartlarga, normalarga va qoidalarga rioya etishi;
o'zining to'liq nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, litsenziyalari, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlari, ko'rsatiladigan xizmatlari, ularni ko'rsatish shartlari va qiymati (tariflari) to'g'risidagi axborotni elektron tijorat sub'yektlariga oshkor etishi;
elektron hujjatlarning va elektron xabarlarning mazmunini hamda ulardan foydalanish tartibini o'zgartirmasligi (bundan elektron tijorat sub'yektlari tomonidan tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan hollar mustasno);
elektron hujjatlarni, elektron xabarlarni hamda shaxsga doir ma'lumotlarni ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilishga doir chora-tadbirlarni ta'minlashi;
elektron hujjatlarni, elektron xabarlarni yoki ularning ko'chirma nusxalarini, shu jumladan ulardagi axborotni uchinchi shaxslarga topshirmasligi (bundan qonunchilikda yoki shartnomalarda nazarda tutilgan hollar mustasno) shart.
Elektron tijorat operatori tomonidan xizmatlar ko'rsatish shartlari va qoidalari ushbu Qonunga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga zid bo'lmasligi kerak.
Elektron tijorat sub'yektlarining elektron tijorat operatoriga topshirilayotgan elektron hujjatlarining va elektron xabarlarining mazmuni bilan bog'liq bo'lgan huquqiy oqibatlar uchun elektron tijorat operatori javobgar bo'lmaydi.
Elektron tijorat operatori qonunchilikka hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo'lishi va uning zimmasida o'zga majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Elektron tijorat to'g'risida»gi qonun
12-modda. Elektron tijorat operatorlarining huquq va majburiyatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.