O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga tayinlanadigan barcha turdagi davlat pensiyalari davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan qonunda belgilangan asoslarga ko'ra qo'llaniladi.
Vafot etgan davlat fuqarolik xizmatchisining qaramog'ida bo'lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a'zolari boquvchisini yo'qotganlik pensiyasini olish huquqiga ega.
Davlat fuqarolik xizmatchisining davlat pensiya ta'minoti O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi.
Davlat fuqarolik xizmatchilariga pensiyalarni tayinlash, hisoblab chiqarish tartibi, ularning miqdorlari hamda davlat pensiya ta'minoti bo'yicha qo'shimcha ijtimoiy kafolatlar fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risidagi qonunchilikda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnЗакон «О государственной гражданской службе»
57-modda. Davlat pensiya ta'minoti
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.