Закон «О государственной гражданской службе»

56-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining hayotiga, sog'lig'iga va mol-mulkiga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash

Davlat fuqarolik xizmatchisining hayoti yoki sog'lig'iga mehnatda mayib bo'lishi, kasb kasalligiga chalinganligi yoki sog'lig'i o'z xizmat majburiyatlarini bajarishi chog'ida boshqacha tarzda shikastlanganligi tufayli yetkazilgan zararning o'rni qonunda belgilangan tartibda davlat organi tomonidan qoplanadi. Davlat fuqarolik xizmatchisi xizmat majburiyatlarini bajarayotganda vafot etgan taqdirda, uning qaramog'ida bo'lgan oila a'zolariga davlat organi tomonidan vafot etgan shaxsning o'rtacha yillik ish haqining olti baravaridan kam bo'lmagan miqdorda bir yo'la to'lanadigan nafaqa ularning soniga teng taqsimlangan holda beriladi. Xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog'liq holda davlat fuqarolik xizmatchisining mol-mulkiga yetkazilgan zararning o'rni O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining mablag'lari hisobidan to'liq hajmda qoplanadi, ushbu summa miqdori keyinchalik aybdor shaxslardan regress tartibida undiriladi. Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan ziyonning, zararning o'rnini qoplash bo'yicha to'lovlar O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.