Davlat fuqarolik xizmatchisiga davomiyligi yigirma yetti kalendar kunidan kam bo'lmagan yillik asosiy ta'til beriladi.
Davlat fuqarolik xizmatchisiga ko'p yillik xizmati va alohida mehnat sharoitlari uchun yillik qo'shimcha mehnat ta'tillari beriladi.
Ko'p yillik xizmati va alohida mehnat sharoitlari uchun yillik qo'shimcha mehnat ta'tillarini berish tartibi hamda ularning davomiyligi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Davlat fuqarolik xizmati lavozimining toifasiga qarab qonunchilikda yillik asosiy va qo'shimcha mehnat ta'tillarining boshqacha davomiyligi belgilanishi mumkin.
Davlat fuqarolik xizmatchisiga ijtimoiy ta'tillar berish mehnat to'g'risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matnЗакон «О государственной гражданской службе»
54-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining mehnat va ijtimoiy ta'tillari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.