Закон «О государственной гражданской службе»

53-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisini ijtimoiy jihatdan himoya qilish

Davlat fuqarolik xizmatchisini ijtimoiy jihatdan himoya qilish davlat tomonidan quyidagilar orqali ta'minlanadi: mehnat ta'tili va ijtimoiy ta'tillar berish; hayoti va sog'lig'ini majburiy sug'urta qilish; hayotiga, sog'lig'iga va mol-mulkiga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash; davlat pensiya ta'minoti. Davlat fuqarolik xizmatchisiga quyidagi ijtimoiy himoya choralari kafolatlanadi: tibbiy xizmat ko'rsatish; rotatsiya tartibida boshqa davlat fuqarolik xizmati lavozimiga o'tkazilishi bilan bog'liq xarajatlarning, shu jumladan yashash va transport xarajatlarining o'rnini qoplash; xizmat uy-joylari, xizmat transporti bilan yoki uy-joy va transport xarajatlari uchun pulli kompensatsiya bilan qonunchilikda belgilangan hollarda hamda tartibda ta'minlash. Davlat fuqarolik xizmatchisiga qonunchilikka muvofiq boshqa ijtimoiy himoya choralari ham qo'llanilishi mumkin. Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga qonunchilikda belgilangan asoslarda va miqdorlarda to'lanadigan barcha turdagi ijtimoiy nafaqalar tatbiq etiladi. Ijtimoiy nafaqalarni to'lash O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi, bundan O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi mablag'lari hisobidan amalga oshiriladigan to'lovlar mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.