Бюджетный кодекс

29-modda. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining byudjet sohasidagi vakolatlari

(29-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-1141-сонли Қонунига асосан ўттиз учинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.04.2026 й., 03/26/1141/0403-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 24 июль)

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi: Davlat byudjeti to'g'risidagi qonun loyihasini va byudjetnomani ishlab chiqadi; davlat maqsadli jamg'armalarining byudjetlari loyihalarini, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining daromadlari va xarajatlarini ko'rib chiqadi; O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat byudjeti to'g'risidagi qonun loyihasini va byudjetnomani ko'rib chiqish uchun taqdim etadi; Davlat byudjeti daromadlari prognozining choraklar va hududlar kesimidagi taqsimot loyihasini ishlab chiqadi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi; birinchi va ikkinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilarga ular uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag'larni taqsimlash, shuningdek navbatdagi yil uchun xarajatlar smetasini tuzish bo'yicha uslubiy ko'rsatmalarni yuboradi; o'rta muddatli byudjetni tayyorlash jarayonini ikki bosqichda (shakllantirish va tuzish) amalga oshirish bo'yicha yagona uslubiy qo'llanmalar to'plamini (tsirkulyarni), shuningdek Davlat byudjetini shakllantirishda byudjetdan ajratiladigan mablag'larning cheklangan miqdorlarini yetkazish hamda qayta ko'rib chiqish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilarning takliflari asosida Davlat byudjeti to'g'risidagi Qonun qabul qilingan kundan e'tiboran bir oylik muddatda birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilar uchun O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan tasdiqlangan mablag'lar doirasida ikkinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilarga ajratiladigan byudjet mablag'larining cheklangan miqdorlarini tasdiqlash uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi; birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilarning takliflari asosida o'zining ikkinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilar uchun tasdiqlangan byudjetdan ajratiladigan mablag'larga 10 va undan ortiq foiz miqdorda o'zgartirishlar kiritish to'g'risidagi takliflarni ko'rib chiqadi; Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining hududiy byudjet mablag'larini taqsimlovchilar ro'yxatini tasdiqlaydi; Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga mahalliy byudjetlarning loyihalarini tayyorlash bo'yicha tavsiyalar yuboradi; birinchi va ikkinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilarning xarajatlar smetalarini va jamlanma xarajatlar smetalarini, shtat jadvallarini, shuningdek ularga kiritilgan o'zgartirishlarni ro'yxatdan o'tkazadi; ushbu Kodeksning 145-moddasida nazarda tutilgan tartibda O'zbekiston Respublikasi respublika byudjetining xarajatlari yoyilmasiga moliya yili mobaynida o'zgartirishlar kiritadi; O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu Kodeksning 145 va 149-moddalarida nazarda tutilgan tartibda O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan mablag'larga va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlariga o'zgartirishlar kiritish bo'yicha takliflar taqdim etadi; soliqlarni, yig'imlarni va davlat bojlarini, shuningdek soliq bo'lmagan to'lovlarni ularning manbalari kesimida to'liq va o'z vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshiradi; byudjet tizimi byudjetlarining mablag'laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi hisobotlar, shuningdek byudjet tashkilotlari hamda byudjet mablag'lari oluvchilarning moliyaviy hisobotlari shakllarini va ularni taqdim etish tartibini tasdiqlaydi; O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga O'zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjetining yillik hamda Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to'g'risida hisobot taqdim etadi; byudjetdan tashqari maxsus hisobvaraqlarda zaxiralar tashkil etadi; Davlat byudjetini ijro etish jarayonida unga tushumlarni ko'paytirish bo'yicha qo'shimcha zaxiralarni aniqlaydi; byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'lari oluvchilarning xarajatlarini maqbullashtirishni amalga oshiradi; byudjet ssudalarini beradi; davlat tomonidan mablag'lar jalb qilish bo'yicha O'zbekiston Respublikasining shartnomalari va davlat kafolatlarini ro'yxatdan o'tkazadi; davlat qarzining hisobini va monitoringini yuritadi; byudjet tizimi byudjetlarining kassa ijrosini yuritadi; byudjet tizimi byudjetlarining Yagona g'azna hisobvarag'idagi va boshqa bank hisobvaraqlaridagi mablag'larini boshqaradi; byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'lari oluvchilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarini ro'yxatdan o'tkazadi; byudjet tizimi byudjetlarida mablag'lar nazarda tutilgan yuridik yoki jismoniy shaxslar nomidan va ularning topshirig'iga ko'ra to'lovlarni amalga oshiradi; byudjet tizimi byudjetlari ijrosining byudjet hisobini yuritadi va byudjet hisobotini qabul qiladi; davlat qarzi bo'yicha xizmat ko'rsatilishini ta'minlaydi, davlat kafolatini bajaradi; O'zbekiston Respublikasiga kelayotgan insonparvarlik yordami hamda texnik ko'maklashish mablag'lari hisobini yuritadi; prognoz yil uchun Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining loyihalari hamda kelgusi ikki yilga oid byudjet mo'ljallari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga yuborilishidan oldin ularning jamoatchilik muhokamasini ta'minlaydi; byudjet tizimi byudjetlaridan pul mablag'larini undirish bilan bog'liq sud muhokamalarida qonunda belgilangan tartibda ishtirok etadi hamda byudjet manfaatlarini ko'zlab sudlarga arizalar, da'vo arizalari va shikoyatlar kiritadi, jinoyat alomatlarini ko'rsatuvchi ma'lumotlar aniqlangan taqdirda, bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar beradi; byudjet tizimi byudjetlari daromadlari va xarajatlarining balansliligiga ta'sir ko'rsatuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni moliyaviy hamda iqtisodiy ekspertizadan o'tkazadi; o'z vakolatiga kiradigan masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi qonunchilikka muvofiq byudjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.