Бюджетный кодекс

168-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining, shuningdek tumanlar va shaharlar byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi hisobotlarni ko'rib chiqish hamda tasdiqlash

(168-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонунига асосан олтинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari tomonidan hisobot davri uchun taqdim etilgan tegishli byudjetlarning ijrosi to'g'risidagi hisobotlarni o'z partiyalar guruhlarida va doimiy komissiyalarida (qo'mitalarida) dastlabki tarzda muhokama qilish asosida ko'rib chiqadi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari tegishli byudjetlar ijrosi to'g'risidagi yillik hisobotlarni hisobot yilidan keyingi yilning 10 mayidan so'ng tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlariga taqdim etadi. Tegishli byudjetlarning ijrosi to'g'risidagi hisobotlarni taqdim etish muddatlari tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan belgilanadi. Tegishli byudjetlarning ijrosi to'g'risidagi hisobotlar tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari qarorlari bilan tasdiqlanadi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar hamda shaharlar Kengashlari tegishli byudjetlardan moliyalashtiriladigan hududiy byudjet mablag'larini taqsimlovchilarning byudjet mablag'laridan va byudjetdan tashqari mablag'lardan samarali foydalanilishi, shuningdek erishilgan natijalar to'g'risidagi hisobotlarini eshitish huquqiga ega. Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari ijrosi to'g'risidagi yillik hisobotning tashqi auditi natijalari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosalari tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining majlislarida O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasining mas'ul vakillari ishtirokida muhokama qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.