Бюджетный кодекс

167¹-modda. Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi choraklik hisobotlarni baholash

(167¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi choraklik hisobotlarni O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga baholash uchun hisobot davridan keyingi ikkinchi oyning 15-sanasiga qadar yuboradi. O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi choraklik hisobotlarga doir tezkor xulosani hisobot davridan keyingi ikkinchi oyning yakuniga qadar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboradi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining birinchi chorakdagi, yarim yillik va to'qqiz oylik ijrosi to'g'risidagi choraklik hisobotni O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tezkor xulosasi bilan birga, tezkor xulosa olingan kundan e'tiboran ikki kun ichida taqdim etadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.