Бюджетный кодекс

154-modda. O'zbekiston Respublikasi tomonidan jalb qilinadigan kreditlar (qarzlar)

(154-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

O'zbekiston Respublikasi tomonidan xorijiy banklardan, davlatlardan, xalqaro moliya va iqtisodiy institutlardan, chet el hukumatlarining moliya tashkilotlaridan jalb qilinadigan kreditlar (qarzlar) davlat tomonidan xorijdan mablag' jalb qilish jumlasiga kiradi. O'zbekiston Respublikasi tomonidan jalb qilinadigan kreditlar (qarzlar) belgilangan tartibda: davlat tomonidan mablag' jalb qilish hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirishga yoki birgalikda moliyalashtirishga; davlat tomonidan mablag' jalb qilish hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarni bajarishga doir tadbirlarni moliyalashtirish uchun kreditlarni (qarzlarni) qaytadan kreditlashga yo'naltiriladi. O'zbekiston Respublikasi nomidan jalb qilingan kreditlarni (qarzlarni) qaytadan kreditlashda kredit (qarz) bo'yicha xizmat ko'rsatish yuzasidan ehtimoldagi tavakkalchiliklarni qoplashda foydalanish uchun O'zbekiston Respublikasi marjasi belgilanishi mumkin. Kredit (qarz) bo'yicha qarzdorlik to'liq to'langan taqdirda kredit (qarz) bo'yicha O'zbekiston Respublikasi marjasining foydalanilmay qolgan summasi O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G'aznachilik xizmati qo'mitasining Davlat qarziga xizmat ko'rsatish bo'yicha kafolat jamg'armasi daromadiga kiritiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.