Бюджетный кодекс

153-modda. Davlat tomonidan mablag' jalb qilish turlari

(153-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 29 апрелдаги ЎРҚ-836-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 01.05.2023 й., 03/23/836/0232-сон — 2023 йил 2 августдан кучга киради)

Davlat tomonidan mablag' jalb qilish: O'zbekiston Respublikasi tomonidan qarz oluvchi sifatida chet davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan, xalqaro moliya va iqtisodiy institutlardan, chet el hukumatlarining moliya tashkilotlaridan hamda O'zbekiston Respublikasining boshqa rezidentlari va norezidentlaridan jalb qilingan kreditlar (qarzlar) bo'yicha; O'zbekiston Respublikasining davlat kafolatlari bo'yicha; O'zbekiston Respublikasi nomidan chiqarilgan davlat qimmatli qog'ozlari bo'yicha qarz majburiyatlari tarzida amalga oshirilishi mumkin. Qarz majburiyatlari qisqa muddatli (bir yilgacha bo'lgan muddatga), o'rta muddatli (bir yildan besh yilgacha muddatga) va uzoq muddatli (besh yil va undan ortiq muddatga) bo'lishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi davlat qarzi bo'yicha xizmat ko'rsatilishini ta'minlaydi, davlat kafolatini bajaradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.