Бюджетный кодекс

151-modda. Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish. Davlat byudjeti profitsiti

(151-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 28 декабрдаги ЎРҚ-740-сонли Қонунига асосан иккинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.12.2021 й., 03/21/740/1209-сон)

Davlat byudjeti taqchilligi: belgilangan normativlar bo'yicha davlat aktivlarini sotishdan olingan daromadlarning O'zbekiston Respublikasi respublika byudjetiga ajratmalari; O'zbekiston Respublikasi respublika byudjeti mablag'larining moliya yili boshidagi qoldiqlari; davlat tomonidan mablag' jalb qilish; qonunchilikka muvofiq boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kreditlarini Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbasi sifatida jalb qilishga yo'l qo'yilmaydi. Davlat byudjetining daromadlari uning xarajatlaridan ortishi Davlat byudjeti profitsitidir. Davlat byudjeti profitsiti faqat Davlat byudjeti bo'yicha aniqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.